Maxfiylik siyosati

NURGROUP foydalanuvchi ma'lumotlarini hisob yuritish, buyurtmalarni qabul qilish, yetkazib berish, bildirishnomalar, qo'llab-quvvatlash va xizmat sifatini yaxshilash uchun qayta ishlaydi.

Saqlanishi mumkin bo'lgan ma'lumotlar: ism, telefon raqami yoki email, kompaniya ma'lumotlari, agar berilgan bo'lsa INN, yetkazib berish manzili yoki foydalanuvchi tanlagan lokatsiya, buyurtma ma'lumotlari, mahsulot va ta'minotchi ma'lumotlari, rol/akkaunt ma'lumotlari.

Push bildirishnomalar uchun qurilma tokeni, platforma turi va ilova versiyasi saqlanishi mumkin. Bu ma'lumotlar faqat bildirishnoma yuborish, xavfsizlik va texnik qo'llab-quvvatlash uchun ishlatiladi.

Ma'lumotlar uchinchi tomonlarga faqat xizmat ko'rsatish uchun zarur holatda beriladi: xaridor, ta'minotchi, haydovchi, to'lov, SMS yoki push bildirishnoma provayderi. Ma'lumotlar sotilmaydi.

Hisobingizni o'chirish uchun ilovadagi profil bo'limidan foydalaning yoki hisobni o'chirish sahifasi orqali murojaat qiling.

Aloqa: support@nurgroup.uz